Har kimning o'z yo'li bor..
Ba'zi yo'llar tekis, ba'zilari tik — bu boshlanish nuqtamiz va borayotgan manzilimizga bog'liq.
Har kim o'zi turgan joyi va bormoqchi bo'lgan manzilidan kelib chiqib eng ma'qul yo'lni tanlaydi. So'ng yo'lga qarab tayyorgarlik ko'radi: kerakli buyumlarni, kerakli anjomlarni oladi. Va yurishni boshlaydi.
Mening yo'lim ikki sohada: ta'lim va media. Umrimni shunga bag'ishlayapman — hayot yo'lim shu :)